📞 +998 (66) 223-11-44🕘 Qabul: 08:30 – 17:30✉ smr.vil.nd@ssv.uz
Samarqandnarkologiya filiali
Bosh sahifa/Yangiliklar/12 fevral 2025

“Giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta'sir doirasidagi dori vositalarini erta davrlarda aniqlash” dasturi asosida uchrashuv bo’lib o’tdi.

👁 183

➢ Tadbir Samarqand shaxar Yoshlar markazida tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas'ul xodimlari, viloyat IIB boshlig’I o’rinbosarlari, viloyat sport boshqarmasi va Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbyot markazi Samarqand filiali mutaxassislari ishtirok etishdi.
➢ Dastlab yil davomida muvaffaqiyatga erishgan sportchi va murabbiylar taqdirlandi.
➢ Tadbirda IIB narkotik moddalarga qarshi kurashish bo’lim boshlig’i so‘zga chiqib narkojinoyatlarni oldini olishda sport to‘garaklarining o‘rni juda muhimligini ta'kidlab o‘tib kelgusida hamkorlik rejalari bilan tanishtirdi.
➢ Tadbirda ishtirokchilarga narkologik kasalliklarni o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida tarqalishini oldini olishga qaratilgan profilaktik dastur bilan tanishtirildi va ushbu masalada sport mutaxassislari va murabbiylarni o‘rni va ular yordamida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalarida zarur choralar belgilab olindi.
Samarqand viloyati sport boshqarmasi va mutasaddi tashkilotlarga “Giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta'sir doirasidagi dori vositalarini erta davrlarda aniqlash” dasturi tushurilgan maxsus fleyrlar tarqatildi.