📞 +998 (66) 223-11-44🕘 Qabul: 08:30 – 17:30✉ smr.vil.nd@ssv.uz
Samarqandnarkologiya filiali

Иштихонда бирламчи бўғинни такомиллаштириш бўйича янги тизим жорий этилади.

👁 246

Joriy yil 7 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida birlamchi bo‘g‘inda tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan yangi tizim joriy etilishi va Ishtixon tumani bu borada pilot hududga aylantirilishi belgilangan edi.
Shundan kelib chiqib, Ishtixon tumanida mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Filial jamoasining tibbiy guruhi tashkil etildi.
Tumandagi Qayirma MFY mahallasida yashovchi 4282 nafar aholi xatlov qilinib, “mahalla profili” shakllantirilmoqda.
I va II guruhga mansub aholi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlarga qarshi kurashish, kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha xonadonma-xonadon yurib, individual tarzda ishlash, har bir mahallada “Salomatlik maktablari”ni shakllantirish tadbirlari o‘tkazilmoqdayu
III va IV guruhga kirgan bemorlarning esa tuman, viloyat, respublika darajasida salomatligini tiklash, ular uchun alohida sog‘lomlashtirish rejasini ishlab chiqish, oilaviy poliklinikalarda eng ko‘p uchrayotgan xastaliklar bo‘yicha “bemor marshruti”ni joriy qilish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, har bir xonadon kiraverishi hamda oshxona va hojatxona oldida qo‘l yuvish uchun sharoit yaratish, mahalla, kollej, texnikum, maktab va bog‘chalarda “Toza qo‘llar” dasturini amalga oshirish yuzasidan targ‘ibot olib borilayapti.