📞 +998 (66) 223-11-44🕘 Qabul: 08:30 – 17:30✉ smr.vil.nd@ssv.uz
Samarqandnarkologiya filiali

“Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi” munosabati bilan, Respublika Ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat Mintaqaviy filial xodimlari viloyatimiz boʼylab targʼibot tadbirlarini oʼtkazishni davom ettirishmoqda.

👁 28

Jumladan xafta davomida Oqdaryo va Samarqand tumanlari xokimliklari bilan xamkorlikda aktsiya tadbirlarini oʼtkazishdi. Oqdaryo tuman “Yoshlar istirohat bogʼi”da “Yoshlarni giyohvandlikdan asraylik” mavzusida rasm chizish tanlovi oʼtkazildi. Samarqand tumanining asosiy koʼchalarida “Giyohvandliksiz goʼzaldir hayot” shiori ostida yurish marafoni oʼtkazildi. Gʼoliblar mutasaddi tashkilotlar tomonidan taqdirlandi. Bundan tashqari mahallalarda, oliy oʼquv yurtlarida, madaniyat saroylarida, akademik litsey va texnikumlarda, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish korxonalarida, xarbiy qismlarda hamda tibbiyot tashkilotlarida maʼruzalar, aktsiya va uchrashuvlar oʼtkazildi. Tadbirlarda 1500 mingdan ortiq aholi va koʼngilli yoshlar ishtirok etishdi.