
Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan narkologiya markazining Samarqand viloyat filiali jamoasiga Tashakkurnoma taqdim etildi. Tashakkurnomani viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i nomidan onalik va bolalik muhofazasi bo‘yicha boshliq o‘rinbosari J.Sh.Jiyanov taqdim etdi.
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifat va samaradorligini oshirish, muassasaning moddiy texnik bazasini rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirish, jamoaviy ishlash tizimini tashkil etish kabi islohatlardagi faol ishtiroki va Yangi 2024 yil bayrami munosabati bilan filial direktori N.K.Kenjayeva hamda filial jamaosi taqdirlandi. Filial jamoasi Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Tadbir so‘ngida filial ma'muriyati tomonidan, yil davomida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan bir qator xodimlar oilalariga esdalik sovg‘alari topshirildi