O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining etakchi xodimlari, Respublika Ichki Ishlar vazirligi Jinoyat va qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari, Samarqand viloyat xokimligi, Sog’liqni saqlash boshqarmasi, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazning Samarqand viloyat filiali va OITS markazi mutaxassislari ishtirokida Samarqand shahrida joylashgan Konsertlar zalida Samarqand shahar mahalla raislari va faollari o'rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Ushrashuvda so’zga chiqqanlar giyohvandlik, yangi turdagi psixofaol moddalar va kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini aholi orasida noqonuniy aylanishiga barchamiz birgalikda qarshi kurashishimiz va giyohvandlik vositalarining inson organizimiga salbiy ta’siri xaqida to‘xtalib o’tildi. Xuquqni himoya qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushbu xolat jinoiy javobgarlikka sabab bo’lishi aytildi.
Shuningdek mutaxassislar tomonidan ushbu moddalarning suiste’moli qanday og’ir asoratlarga olib kelishi xaqida ma’lumotlar berildi.